IBMning Onlayn maxfiylik to’g’risidagi bayonoti

Ushbu Bayonot 2020 yilning 01 dekabridan kuchga kiradi.

Ushbu Bayonotning avvalgi tahriri quyida shu yerda joylashtirilgan.

Sizning maxfiyligingiz IBM uchun muhim; ishonchingizni oqlash esa biz uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.

Ushbu bayonot IBM va uning sho'ba tashkilotlari veb-saytlari uchun axborotga doir amaliyotini, bizning veb-saytimiz foydalanuvchilari haqida qanday ma'lumot to'planib va kuzatib borilyotganligi va ma'lumotlardan qay tarzda foydalanilyotganligini, uzatilayotganligi yoki boshqa usulda oflayn rejimda ishlov berilayotganligi haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, ushbu bayonot IBM Cloud xizmatlari va dasturiy mahsulotlarida cookie fayllari, veb-mayoqlari va boshqa texnologiyalaridan qanday foydalanishi mumkinligini tariflangan. Ushbu Maxfiylik bayonotidagi IBM veb-saytlari, mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan havolalar ilovalar, dasturlar yoki qurilmalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu IBMning Onlayn Maxfiylik to’g’risidagi Bayonoti IBMning Maxfiylik to’g’risidagi Bayonotini to'ldiradi.

Ushbu Bayonot IBMning mazkur Bayonotga havolalari bor bo’lgan veb-saytlarga tadbiq qilinadi, ammo maxfiylik to’g’risidagi o’z bayonotiga ega bo’lmagan veb-saytlarga tadbiq qilinmaydi. Bundan tashqari, ushbu Bayonot mijozlarimizning nomidan ularning manfaatlarini ko'zlabma'lumotlariga oddiy ishlov beradigan hollarga tadbiq qilinmaydi, masalan, biz veb-xosting xizmatlari provayderi sifatida ishtirok etadigan hollarga.

Biz mazkur bayonotni siz bilan muayyano’zaro hamkorligimizga tegishli bo’lgan qo’shimcha ma`lumotlar xususan, bitimga doirxujjat yoki onlayn-xizmatdan foydalanayotganingizda yoki buyurtma berganingizda maxsus maxfiylik bayonoti bilan to’ldirib turishimiz mumkin.

Mazkur Bayonotda tariflanganidek, IBMning maxfiylikka doir amaliyoti, ibm.com orqali yig'ilgan ma’lumotlarga daxldorbo’lganligi sababli, APECning Transchegaraviy maxfiylik qoidalari tizimiga mos keladi. APECning TMQ tizimi tashkilotlarga APECning ishtirokchi iqtisodiyotlari o’rtasida uzatilayotgan shaxsiy ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash mezonlarini taqdim etadi. APECning mezonlari haqidagi qo'shimcha ma'lumotni shu erda topishingiz mumkin (PDF, 89 KB).

Agar sizda maxfiylik siyosatimiz yoki amaliyotlarimizga oid savollar yoki shikoyatlar bo‘lsa, ushbu shakldan foydalanib bizga murojaat qiling. Agar sizda maxfiylik yoki ma’lumotlardan foydalanilishiga oid qoniqarli darajada e’tibor qaratilmagan, hal qilinmagan muammolar mavjud bo‘lsa, bu yerda iltimos, AQSHda joylashgan uchinchi taraf nizolarni hal qilish xizmatlarini ko'rsatuvchi shaxsga (tekin) murojaat qiling.


Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish

Muqaddima

Siz qator xollarda shaxsiy ma'lumotlaringizni bevosita bizga berishni tanlashingiz mumkin. Masalan, ismingizni va bog'lanish uchun ma'lumotlaringizni siz bilan aloqaga chiqish, maxsulotga buyurtma berish, buyurtmaga ishlov berish, xizmatdan foydalanish uchun ro’yxatdan o’tish, sizni obuna qilish, yoki, agar yetkazib beruvchi yoki biznes hamkor bo'lsangiz, biz bilan xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun bizga ma`lum qilish istagini bildirishingiz mumkin. Siz shuningdek, bizdan xarid qilish uchun kredit kartangiz ma'lumotlarini berishingiz, yoki IBMda siz talabgor bo’lgan ish o'rnining ochilishi bilan bog'liq ma`lumotingiz va ish tajribangiz to’g’risidagi ma`lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar siz bundan keyin siz bilan bo’g’lanish uchun sizning ma`lumotlaringizdan foydalanishimizni istamasligingiz haqida xabar bersangiz, u xolda sizning so’rovingizdan tashqari sizning xohishlaringizni inobatga olgan holda ish yuritamiz.

Ro'yxatdan o’tish

Ma'lumot olishni, nashrlarni yuklab olishni, jonli yoki virtual tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishni yoki maxsulotning sinov nusxasini so’rasangiz, biz sizning ismingiz va bog'lanish uchun xizmat ma'lumotlaringizni hamda so'rovingiz bilan bog'liq boshqa ma'lumotlarni taqdim etishingizni so'rashimiz mumkin. Ushbu ma'lumotdan sizning so'rovingiz munosabati bilan va siz bilan bog'lanish uchun foydalanamiz. Ushbu ma'lumot, aksariyat hollarda, bizning veb-saytlarimizga kirganingizda sizni aniqlashi ham mumkin. Biz ma`lumotlaringizni kelgusidagi potensial o’zaro hamkorligimiz uchun saqlaymiz. Agar siz bundan buyon ro‘yxatga olish ma’lumotlaringizdan foydalanmasligimizni talab qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu shakldan foydalanib biz bilan aloqaga chiqing.

Biz shuningdek, sizdan "IBMid"ni ro'yxatdan o'tkazishingizni so'rashimiz mumkin, u holda siz bizga ismingiz, elektron pochta manzilingiz, joylashgan mamlakatingiz va, agar siz ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinadigan maqsad uchun zarur bo’lsa, boshqa ma'lumotlarni taqdim etishingiz kerak. "IBMid" veb-saytlarimizga so'rov yoki buyurtma berishingiz yoki mahsulot yoki xizmatdan foydalanganingizda sizni bexato aniqlash imkonini beradi. Ko'plab xizmatlar va mahsulotlarni buyurtma qilish uchun sizdan "IBMid"ni ro'yxatdan o'tkazishni talab qilamiz. "IBMid" yordamida ro'yxatdan o'tish sizga maxfiylik sozlamalaringizni o'zingizga moslashtirish va nazorat qilish imkonini beradi. IBMning ayrim mahsulotva xizmatlari aynan shu mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etish uchun o'ziga xos ravishda ro'yxatdan o'tishni talab qilishi mumkin. Bunday hollarda mahsulot yoki xizmat uchun taqdim etgan ro'yxatga olish ma`lumotlari faqat ushbu mahsulot yoki xizmatni taqdim etish uchun ishlatiladi.

Veb-saytga tashriflar, IBM Cloud xizmatlariga va ilovalarga (“ilovalar”) kirish

Biz sizning turli texnologiyalardan foydalanish orqali veb-saytlarimiz, IBM Cloud xizmatlari va ilovalardan (yoki “ilovalar”) foydalanishimizga oid ma’lumotlardan foydalanishingizga oid ma’lumotlarni ham to‘plashimiz mumkin. Masalan, veb-saytimizga tashrif buyurganingizda yoki IBM Cloud xizmatlarimiz yoki ilovalarimizga kirganingizda biz brauzeringiz yoki qurilmangiz yuboradigan IP-manzilingiz (jumladan geografik joylashuvingiz kabi IP-manziligingizda olingan ma’lumotlar), operatsion tizim, brauzer yoki qurilma turi, versiya va til, kirish vaqti, kirish davomiyligi va havola qilinayotgan veb-sayt manzili kabi ma’lum ma’lumotlarni yozib olishimiz mumkin; biz yana veb-sayt yoki ilovadan foydalanishingizga oid ma’lumotlarni, jumladan nosozlik yozuvlari va siz saytlarimiz doirasida ko‘rgan sahifalar, siz har bir saytda o‘tkazgan vaqt va veb-saytimizga tashrif buyurish vaqtida siz bajargan boshqa harakatlar kabi foydalanish statistikasini ham to‘plashimiz mumkin. Bizning veb-saytimizga "IBMid"siz yoki ro'yhatdan o'tishsiz kirganingizda ham, shunga qaramay biz veb-saytning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan ushbu shaxsiy ma`lumotlarning ayrim qismini yig'amiz.

Mobil ilovalar bilan bog‘liq ravishda biz yana geojoylashuv ma’lumotlari yoki sizning o‘ziga xos foydalanuvchi identifikatoringiz kabi qurilmangiz joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni ham to‘plashimiz mumkin.

Bundan tashqari dasturiy mahsulotlarimiz, IBM Cloud xizmatlari va ilovalarimiz IBM kompaniyasiga mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan foydalanilishi haqidagi ma’lum ma’lumotlarni to‘plashga imkon beruvchi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Biz shuningdek, siz elektron pochtani ochganingiz yoki elektron pochtada bo'lgan elektron xatni ochganingizni yoki havolani utiga bosganingizni aniqlash kabi texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Biz qo'llayotgan texnologiyalar haqida batafsil ma'lumot olish uchun, quyidagi Cookie fayllar, Veb-mayoqlar va Boshqa Texnologiyalar bo’limiga o'ting.

Marketing ma'lumotlari

Siz haqingizda yig'ilgan ko'pgina ma'lumotlarni siz bilan bevosita aloqalarimizdan olamiz.

Vaqti vaqti bilan, biz shuningdek,sizga bilvosita tegishli bo'lgan ma'lumotlarni boshqa manbalardan, masalan, yetkazib beruvchilar ro’yxatidan yig'ishimiz mumkin. Bunday xollarda biz sotuvchilardan ma`lumot uchinchi tarafdan qonuniy olinganligini va ulardan uni olish huquqiga ega ekanligimizni tasdiqlashlarini so’raymiz.

Tadbirlar uchun ro'yxatdan o'tayotganingizda, biz tadbirni tashkil qilish to’g’risidagi ma'lumotlarni (onlayn yoki oflayn shakilda), tadbir vaqtida esa, sessiyalardagi ishtirokingiz va so'rov natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni yig'ishimiz mumkin. Tadbirlarni yozib olishimiz va jamoviy rasmga olinishimiz mumkin. Reklama maqsadida fotosuratlarni ishlatish huquqini saqlab qolamiz. Bizga xizmat ma'lumotlaringizni taqdim etganingizda (masalan, tashrif qog'ozingizni berganingizda) uni siz bilan aloqa qilish uchun ishlatishimiz mumkin.

Biz to'playdigan ma'lumotlar ushbu ma'lumotlarning umumiy aniqligi va to'liqligini yaxshilashga va o’zaro aloqalarimizni yaxshiroq muvofiqlashtirishga yordam berishi uchun bevosita yoki bilvosita umumlashtirilishi mumkin.

Shaxsiy Ma'lumotlardan Foydalanish

Keyingi bandlarda IBM sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan qanday foydalanishi batafsilroq ta'riflanadi.

Bitimga doir So’rovingizni Bajarish

IBMdan biror narsani, masalan, mahsulot yoki xizmat qayta qo'ng'iroq yoki ma'lumbir marketing materiallarini so’rasangiz, so'rovingizni bajarish uchun siz taqdim qilgan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanamiz. Buni amalga oshirishda bizga yordam bo’lishi uchun biz boshqalar bilan ma'lumot almashishimiz mumkin, masalan, bajarishda ishtirok etayotgan IBM biznes hamkorlari, moliya tashkilotlari, yuk tashish tashkilotlari, pochta yoki bojxona kabi davlat organlari. Shuningdek, biz mijozlar qoniqqanligini o’rganish yoki bozorni tadqiq qilish doirasida siz bilan bog'lanishimiz mumkin.

Tajribangizni veb-saytlarimizda shaxsiylashtirish

Veb-saytlarimizda siz bilan o’zaro aloqani shaxsiylashtirish uchun siz haqingizda yig'ilgan shaxsiy ma'lumotlardan, xususan, sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan mazmun bilan ta'minlash hamda sayt bo'ylab navigatsiyani soddalashtirish uchun foydalanishimiz mumkin. Shuningdek, biz ushbu ma'lumotdan veb-saytlarimizni yaxshilash uchun foydalanishimiz mumkin.

Qo’llab-quvvatlashni Taqdim etish

Biz shaxsiy ma'lumotlaringizdan bizdan olgan mahsulot va xizmatlarni qo’llab-quvvatlash, xususan, maxsulotlarning yangilanganligi yoki o’zgartirilganligi to’g’risida xabar berish uchun foydalanishimiz mumkin. Mahsulotni qo'llab-quvvatlash borasida muhimroq tavsiyalarni sizga taqdim qilish uchun sizning ma'lumotlaringizni siz bilan boshqa o'zaro hamkorlikdan olgan ma'lumotlar bilan birlashtirishimiz mumkin.

Saytlarimiz yoki forumlarimizda navigatsiyani soddalashtirish maqsadida biz shuningdek, veb-saytlarimizda "Live Chat" seanslarini taklif etib, unda muammolar ko’tarilishi va ularning yechimlari taklif etilishi mumkin; bunday sessiya yoki forumlarda taqdim etiladigan shaxsiy ma`lumotlardan mazkur Maxfiylik to’g’risidagi bayonotga muvofiq foydalanamiz.

Sizga texnik yordam ko'rsatish davomida, biz vaqt-vaqti bilan siz bizga taqdim etgan, yoki tizimingizda saqlanayotgan ma'lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo'lishimiz mumkin. Bu ma'lumotlar siz haqingizda, tashkilotingiz xodimlari, mijozlari, hamkorlari yoki yetkazib beruvchilari haqida ma'lumotni o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu Maxfiylik Bayonoti bizning bunday shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo'lishga yoki ularga ishlov berishga taalluqli emas; ushbu ma'lumotni ko'rib chiqish va ishlov berishga tegishli shartlar sizning va IBM o'rtasida tuzilgan Foydalanish shartlari (Terms of Use) yoki boshqa kelishuvlar, masalan, Diagnostika ma'lumotlarini almashish uchun foydalanish shartlari (Terms of Use for Exchanging Diagnostic Data) bilan qamrab olinadi.

IBM Cloud xizmatlari va ilovalari (“ilovalar”)

Biz IBM Cloud xizmatidan foydalanishingiz bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlardan bizga quyidagilarni qila olishga imkon berishi uchun foydalanishimiz mumkin: dasturiy mahsulotlarimiz, IBM Cloud xizmatlarimiz va ilovalarimizdan foydalanish statistikasi va ularning samaradorligini aniqlash; mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan foydalanishingiz va tajribangizni yaxshilash va shaxsiylashtirish; siz bilan o‘zaro aloqalarimizni moslashtirish; mijozlarimizni mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan foydalanilishi bo‘yicha umumiy ma’lumotlardan xabardor qilish va mahsulotlarimiz hamda xizmatlarimizni yaxshilash va qurilmangiz bilan o‘zaro aloqalarni moslashtirish yoki yaxshilash; va umumlashtirilgan va anonimlashtirilgan hisobotlar tayyorlash.

Marketing

IBMga taqdim etgan shaxsiy ma'lumot va bilvosita siz haqingizda yig'ilgan shaxsiy ma'lumotlar IBM tomonidan marketing maqsadlari uchun foydalanilishi mumkin, ya'ni IBM tomonidan sotiladigan, mavjud maxsulotlar portfelini to’ldirishi mumkin bo’lgan tadbirlar,mahsulotlar, xizmatlar va yechimlar to'g'risida sizni xabardor qilish uchun ishlatilishi mumkin. Biroq, buni bajarishdan oldin, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni shu tarzda ishlatish yoki ishlatmaslikni tanlash imkoniyatini taqdim etamiz. Sizga qo’ng’iroq qilganimizda yoki bizga bevosita murojaat etib, sizga yuborilayotgan har bir elektron xabarda mavjud bo’lgan tegishli yo’riqnomaga rioya qilgan xolda, istalgan vaqtda bizga xabar berib, marketing xabarlarimizni olishdan voz kechishingiz mumkin (Iltimos, quyida keltirilgan "Maxfiylik Savollari va Foydalanish imkoni" bo’limiga qarang).

Takliflarimiz yoki tadbirlarimizdan ba'zilari IBM va uning biznes hamkorlari bilan qo’shma brendi bo’lishi, yoki IBM va IBM maxsulot va xizmatlaridan foydalanuvchi, qaytasotuvchi yoki to’ldiruvchi biznes hamkorlar va yechimlarni yetkazib beruvchilar kabi, uchinchi taraflar tomonidan homiylashtirilishi mumkin. Qo’shma brendlar bo’lgan takliflar va tadbirlar, hamkorlikning mavjudligini bevosita ko'rsatib turadi. Agar siz ushbu taklif yoki tadbirlar uchun ro'yxatdan o'tsangiz, sizning ma'lumotlaringiz ham yig'ilishi va uchinchi taraflarga uzatilishi mumkinligini e'tiborga oling. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz uchinchi taraf tomonidan qanday ishlatilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun mazkur uchinchi taraflarning maxfiylik siyosati bilan tanish chiqishingizni tavsiya etamiz.

Agar siz ushbu sahifani do'stingizga yoki hamkasbingizga "Elektron Pochta Orqali Yuborishga" qaror qilsangiz, biz ularning ismlarini va elektron pochta manzilini so'raymiz. Biz avtomatik tarzda bir martalik elektron pochta xabarini siz ko'rsatgan sahifa bilan birga yo'llaymiz, lekin boshqa maqsadlarda bu ma'lumotni ishlatmaymiz.

Ishga qabul qilish

Ishga qabul qilish to’g’risidagi ariza yoki vakansiya to’g’risida so’rov jo’natishda, IBM saytida yoki boshqacha tarzda chop etiligan-etilmaganidan qat`iy nazar, bizga o’zingiz haqingizda ma`lumot, xususan, rezyume yuborishingiz mumkin. Biz bu ma`lumotdan so’rovingizga javob berish yoki ishga joylashtirish uchun nomzodingizni ko’rib chiqishda foydalanishimiz mumkin.

Qo'ng'iroqlarni, Chatlardagi suhbatlar va o’zaro aloqalarning boshqa turlari monitoringi va yozib olish

Ayrim onlayn-bitimlar yoki sizning bizga qo’ng’iroq qilishingizni, yoki bizning sizga qo’ng’iroq qilshimizni nazarda tutishi mumkin. Ular shuningdek onlayn-chatlari orqali biz bilan aloqa qilishingizni nazarda tutishi mumkin. Shuni nazarda tutingki, IBM bunday suhbatlar monitoringini (ayrim xollarda shuningdek yozib borishni ham) xodimlarni o’rgatish, ularning ishi sifatini baholash uchun amalga oshiradi yoki muayyan bitimning bajarilganligi dalillarini saqlaydi.

Ma`lumotlardan ijtimoiy hisoblash muhitida foydalanish

IBM ba'zi veb-saytlarida ijtimoiy hisoblash vositalarini on-layn rejimda, shuningdek, ulardan foydalanish maqsadida ro’yxatdan o’tgan guruh a`zolari orasida ularni birga ishlatish uchun taqdim etadi. Bularga forumlar, wikilar, bloglar va boshqa ijtimoiy mediya platformalari kiradi.

Bunday dasturiy ilovalarni yuklash va ishlatishda, shunindek, bunday ijtimoiy hisoblash vositalarida ro’yxatdan o’tishda, sizga qator shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish taklif etiladi. Ro’yxatga olish ma`lumotlariga mazkur Maxfiylik to’g’risidagi bayonotga muvofiq ishlov beriladi va himoyalanadi, profilingiz doirasida boshqa ishtirokchilar uchun avtomat tarzda ochiq bo’lib qoladigan ma`lumotlar bundan mustasno. Bu dasturiy ilovalar va vositalar yig'ish va ishlov berish amaliyotlari to’g’risidagi muayyan ma`lumotlarga ega bo'lgan qo'shimcha maxfiylik to’grisidagi bayonotlarni o’z ichiga olishi mumkin. Vositalar va dasturiy ilovalarning imkoniyatlarini tushunish uchun ushbu qo’shimcha bayonotlar bilan tanishib chiqing.

Siz ushbu ijtimoiy platforma va dasturiy ilovalarda joylashtirayotgan, boshqa foydalanuvchilarga foydalanishga ruxsat beradigan materiallar, xususan, tasvirlar, ma'lumotlar, fikrlar va boshqa shaxsiy ma`lumotlarga mazkur Maxfiylik to’g’risidagi bayonot tegishli emas. Bunday materiallar mazkur dasturiy ilova va platformalardan foydalanish Qoidalari, shuningdek, ulardan foydalanish bo’yicha har qanday qo’shimcha qollanma va yo’riqnomalarga bo’ysunadi; ko’rsatilgan dasturiy ilova va platformalardan bunday materiallarni o’chirish jarayonlari ham shu tariqa (mustaqil tarzda yoki uchinchi taraflar yordamida) tartibga solinadi. O'zingizning, IBM va boshqa taraflarning shunday materiallar borasidagi huquq va majburiyatlaringizni yaxshiroq tushunib olishingiz uchun ko’rsatib o’tilgan xujjatlar bilan tanishib chiqing. Siz shunday ijtimoiy hisoblash platfromalarida joylashtiradigan materiallardan IBMning ichidagi va tashqarisidagi boshqa shaxslar ham foydalana olishi mumkinligini inobatga oling.

IBM va uchinchi taraflarning Huquq va Mulkini himoya qilish

Biz shuningdek, IBM kompaniyalari, biznes hamkorlarimiz, mijozlarimiz va boshqa shaxslarning huquqlari va mulkini himoya qilish maqsadida ham, bunday huquq yoki mulkka zarar yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin degan yetarli asos bo’lgan xolda, ma`lumotingizni ishlatishimiz va unga umumiy ruxsat berishimiz mumkin. Bundan tashqari, sizning qonun talablariga muvofiq va biz o'z huquqlarimizni yoki uchinchi taraflarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, bizning fikrimizcha veb-saytimiz borasida sud jarayoni va sud jarayonlari doirasida, sud qarorini bajarish uchun oshkor qilish zarur deb hisoblagan xollarimizda shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilish huquqini saqlab qolamiz.

Biznes hamkorlar uchun ma'lumot

Siz IBM biznes hamkori bo'lsangiz, IBM biznes hamkorlari uchun maxsus mo'ljallangan IBM veb-saytlariga kirishingiz mumkin. Biz ushbu saytda berilgan ma'lumotdan siz bilan, siz vakil bo'lgan biznes hamkor, va umuman IBM bizness hamkorlari bilan biznes aloqalarimizni rivojlantirish va ularni boshqarish uchun foydalanishimiz mumkin. Masalan, bungaIBMning biznes hamkorlariningdasturlari to’g’risidagi ma'lumotlarni sizga yuborish uchun ma'lumotlaringizdan foydalanish kiradi. Shuningdek, bunga IBMning joriy va potensial mijozlari tomonidan boshqa biznes hamkorlarga muayyan ma'lumotlarni (barcha amaldagi maxfiylik to’g’risidagi majburiyatlarga muvofiq) taqdim etish kiradi. Muayyan dastur yoki bitimni bajarish munosabati bilan, biz mijozlar ehtiyojini qondirish bo'yicha so'rovlarning bir qismi yoki bozorni tahlil qilish maqsadida siz bilan bog’lanishimiz ham mumkin.

Yetkazib beruvchilar uchun ma'lumot

Siz IBMning yetkazib beruvchisining vakili bo'lsangiz, IBMning yetkazib beruvchilari uchun maxsus mo'ljallangan IBM veb-saytlariga kirishingiz mumkin. Biz ushbu saytda berilgan ma'lumotdan siz bilan bitim tuzish yoki uni bajarish munosabati bilan foydalanishimiz mumkin. Xususan, bunga bitimning bajarilishiga jalb qilingan IBMning boshqa tarkibiy qismlari, IBM biznes hamkorlari, mijozlari, transport kompaniyalari, moliya institutlar, pochta idoralari va davlat tashkilotlari o’rtasida ma`lumot almashinish kiradi. Shuningdek, bu ma`lumotlar siz bilan, siz vakil bo'lgan yetkazib beruvchi bilan, va umuman IBMning boshqa yetkazib beruvchilari bilan bo’lgan munosabatlarimizni boshqarish va rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

Bolalar

Agar boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, bizning veb-saytlarimiz, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz 16 yoshgacha bo'lgan bolalar tomonidan foydalanishga mo’ljallanmagan.

Saqlash

IBM sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, ularga ishlov berilayotgan maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan vaqtgacha yoki boshqa uzrli sabablarga ko’ra, saqlab turadi (masalan, huquqiy majburiyatlarimizga rioya qilish, nizolarni hal qilish yoki kelishuvlarimizning bajarilishi).
Sizning ro’yxatga olish ma’lumotlaringiz hisob qaydnomangiz yoki IBMid sizga xizmat ko’rsatish talab etilguniga qadar faol bo’lgunicha saqlanadi. Agar siz bundan buyon ro‘yxatga olish ma’lumotlaringizdan foydalanmasligimizni talab qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu shakldan foydalanib bizga murojaat qiling. Sizga IBM bilan o'sha xizmat uchun shartnoma tuzgan IBM mijozi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan IBM Cloud xizmatlariga nisbatan sizningro'yxatga olish ma'lumotingiz o'sha IBM mijozining ba'zi talablarini bajarish uchun saqlanishi mumkin.

Cookie fayllar, Veb-mayoqlar va Boshqa Texnologiyalar

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bizning veb-saytimizga kirganingizda va IBM Cloud servisdan, shuningdek dasturli maxsulotlarimizdan foydalanayotganingizda, foydalanish statistikasini to’plash va samaradorlikni tahlil qilish, siz bilan o'zaro aloqalarimizni personallashtirish va muvofiqlashtirish, hamda mahsulotlarimiz va servisni yaxshilash maqsadida ma`lumot to’playmiz. Biz buni turli xil texnologiyalar, jumladan skriptlar, teglar, mahalliy almashinadigan obyektlar (Flash cookies), mahalliy xotira (HTML5) mayoqlari va cookie-fayllar yordamida amalga oshiramiz.

Cookie fayllar nima va cookie fayllar nima uchun ishlatiladi

Cookie – bu veb-sayt brauzeringizga yuboradigan ma'lumotlarning bir qismi bo’lib, keyinchalik u kompyuteringizda sizning ushbu kompyuteringizni aniq qiluvchi yorliq sifatida saqlanishi mumkin. Garchi Cookie fayllar faqat veb-saytlardan foydalanishni (xususan, kiruvchilar soni va tashrif muddatini aniqlash) va samaradorligini (xususan, foydalanuvchilarni ko’proq qiziqtirgan mavzularni aniqlash uchun) tahlil qilish, shuningdek, sayt bo’ylab navigatsiyani soddalashtirish va undan shu sifatda foydalnish uchun ishlatilsada, ular biror bir personallashtirilgan ma'lumotlar bilan aloqasi yo'q, shuningdek ular ba`zan, profil ma'lumotini foydalanuvchilarning afzal ko’rishlari bilan solishtirish yo’li bilan veb-saytga kiruvchilarni aniqlash uchun ham qo’llanadi. Vaqt o'tishi bilan bu ma'lumotlar foydalanuvchi taassurotini yaxshilashga ko'maklashadigan muhim ma'lumotlarni beradi.

Uchinchi tomonlar IBM veb-saytida o‘z mahsulotlari/xizmatlarini taqdim etganlarida IBM umumlashtirilgan anonimlashtirilgan ma’lumotlarni hosil qilishi va ularning mahsulotlari/xizmatlari bilan qancha foydalanuvchi o‘zaro aloqa qilganligi yoki ularga qiziqish bildirganligini tushinishda yordam berish uchun bu ma’lumotlarni ular bilan baham ko‘rishi mumkin.

"Cookie"lar odatda seans "cookie"lari yoki doimiy "cookie"lar ga bo'linadi. Seans cookie fayllari veb-sayt bo’ylab navigatsiyani samaraliroq amalga oshirishingizda yordam beradi va saytga joriy kirishingizda yoki bitimni yakunlashga zarur bo’lgan dastlab taqdim etgan ma`lumotlarni qaytadan taqdim etmasligingiz uchun sahifadan sahifaga o’tishingizni kuzatib borishimizga imkon beradi. Seans cookie fayllari vaqtinchalik xotirada saqlanib, veb brauzer yopilgan paytida o'chib ketadi. Aksincha, doimiy cookie fayllari foydalanuvchilarning joriy va keyingi kirishlari uchun ularning sozlamalarini saqlaydi. Ular qurilmangizning qattik diskiga yozilib, siz o'z brauzeringizni qayta yoqqaningiz hamamalda bo'ladi. Biz doimiy "cookie"larni, masalan, siz tanlagan til va mamlakat nomini yozish uchun ishlatamiz.

Cookie fayllaridan foydalanish bilan bog'liq maxfiylik sozlamalarini qanday ifodalash kerak

Veb-saytlarimizga yoki onlayn xizmatlarga kirganingizda, veb-brauzeringiz yoki IBM tomonidan sizga taqdim etiladigan parametr va vositalardan foydalanib, cookie-fayllar va shunga o'xshash boshqa texnologiyalarga bog'liq tanlovlarni belgilashingiz mumkin. Agar s IBM tomonidan cookie-menejeri oqollangan bo'lsa, u bizning veb-saytingizga birinchi bor kirishingizda aks ettiriladi. IBM veb-saytining quyi kolontitulidagi 'Cookie fayllarini sozlashni' bosib, istagan vaqtda IBM Cloud xizmatlarida va veb-saytlarimizda cookie fayllarining qanday turini ishlatishni tanlashingiz va o’zgartirishingiz mumkin. Siz majburiy yoki majburiy va samarali, yoki majburiy, samarali va personallashtirilgan cooke fayllaridan birini tanlashingiz mumkin. Bu erda siz shuningdek, ishlatadigan cookie fayllari turlari haqida qo’shimcha ma'lumot olishingiz mumkin. Cookie fayllarini sozlamalaridan foydalanish sizning qurilmangizdagi cookie-fayllarnini o'chirishga olib kelmaydi. Siz qurilmangizdagi cookie fayllarini veb-brauzeringiz sozlamalari orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

Bugungi kunda IBM veb-saytlari, onlayn va Cloud xizmatlar kuzatuv mexanizmlari, xususan, «do not track» (kuzatmaslik)ga tegishli avtomatlashtirilgan brauzer signallarini tanimas ekan, siz ko'pchilik cookie fayllarini va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanish bo'yicha maxfiylik sozlamalarini veb-brauzeringiz orqali ifoda etishingiz mumkin. Cooke fayllarini nazorat qilish to’g’risida ma`lumot olish uchun O'z brauzeringizning Sozlamalar ("Tools") (yoki shunga o'xshash) bo’limiga murojaat eting. Ko'p hollarda siz cookie faylni olishdan oldin sizni xabardor etadigan qilib sozlashingiz mumkin, bu sizga "cookie"ni qilish-qilmasligi imkonini beradi. Siz shuningdek brauzeringizda cookie fayllarini umuman o'chirib qo'yishingiz mumkin. Bizning dasturiy maxsulotlarimizda qo’llanadigan Cookie fayllarini shu mahsulotlar sozlamalarining o'zida o'chirib qo’yish mumkin. Cookie fayllar veb-saytlaringizning yoki dasturiy mahsulotlarimiz va IBM Cloud xizmatlarining qator xususiyatlaridan foydalanish imkonini berar ekan, ularni o’chirib qo’ymaslikni tavsiya etamiz. Agar bizning cookie fayllarimizni bloklasangiz, o'chirsangizyoki islatishni boshqacha taqiqlasangiz, ba'zi veb-sahifalar noto'g'ri ko'rinishi mumkin yoki siz xaridlar savatchangizga maxsulotlarni qo'sha olmaysiz, buyurtmaga to’lovni amalga oshira olmaysiz, yoki veb-sayt yoki saytga kirishni talab qiladigan IBM Cloud xizmatlaridan foydalana olmaysiz.

Veb mayoqlar yoki boshqa texnologiyalar

Ba'zi IBM veb-saytlari, IBM Cloud xizmatlari va dasturiy mahsulotlar ham mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga mazkur saytlarni yaxshiroq muvofiqlashtirish uchun veb-mayoqlarni ishlatishi mumki. Ushbu texnologiyalar IBM veb-saytlarining turli sahifalarida ishlatilishi mumkin. Bu sahifalarga kirganda, saytga kirganlik to’g’risida aniqlanmaydigan xabar paydo bo’lib, keyinchalik u biz tomondan yoki yetkazib beruvchilarimiztomonidan ishlanishi mumkin. Ushbu veb-mayoqlar odatda cookie fayllar bilan birga ishlatiladi. Agar siz cookie fayllaridan olgan ma'lumotlaringizni ushbu sahifalarga kirishingiz yoki bu maxsulotlardan foydalanishingiz bilan solishtirilishini istamasangiz, brauzeringiz yoki maxsulotdagi cookie fayllarni o'chirib qo’ying. Agar cookie fayllarni o'chirsangiz, veb-mayoqlar va boshqa texnologiyalar avvalgidek bu sahifalarga kirishlaringizni kuzatib boradi; ammo kirishlarni cookie fayllarda saqlanadigan ma'lumotlar bilan bog’lamaydi.

IBM Cloud xizmati va dasturiy mahsulotlarimiz qo'llaydigan texnologiyalar, shuningdek, bunday texnologiyalarni o’chirish haqida qo’shimcha ma'lumot olish uchunmuayyan dasturiy maxsulot yoki IBM Cloud xizmatlariga oid qo’llanmaga murojaat qiling.

Ma’lmotni va sozlamalarni saqlash uchun biz Mahalliy umumiy obyektlar (Local Shared Objects) va Flash cookies, mahalliy saqlash, jumladan HTML5 dan foydalanamiz. Saytimizda hamkorlikda biz qator funksiyalar taqdim etadigan yoki kirishlaringiz tarixi asosidagi IBM reklamasini aks ettiradigan uchinchi taraflar ham Flash-cookies yoki HTML5-dan ma'lumotlar to'plash va saqlash uchun foydalanadi. Turli brauzerlar HTML5-ni o’chirib tashlash uchun o’zlarining xususiy boshqaruv vositalarini taqdim etishi mumkin. Flash cookies fayllarini boshqarish uchun bu yerga bosing.

Biz shuningdek, foydalanuvchi xabarni ochganligi va unda ko’rsatilgan havola ustiga bosilganligini bilish uchun elektron pochta xabarlari yoki yangilik xabarlariga veb-mayoqlarni kiritishimiz mumkin.

Bizning biznes hamkorlarimizdan ba'zilari saytimizda veb-mayoqlarni va cookie fayllarni o'rnatadi. Bundan tashqari, uchinchi taraf ijtimoiy media tugmalari muayyan ma`lumotlarni qayd etishi mumkin, xususan, sizning IP-manzilingiz, brauzer turi va tili, kirish vaqti va veb-sayt manzillari, agar o'sha ijtimoiy media tarmoqlariga kirgan bo'lsangiz, bu tugmalar yig'ilgan ma`lumotni shu saytdagi profilingiz ma`lumotlari bilan bog’lashi mumkin. Biz bunday uchinchi taraflar tomonidan foydalaniladigan bunday texnologiyalarni nazorat qilmaymiz. Ba'zi veb-saytlarimizda statik materiallarni taqdim etish uchun foydalaniladigan "s81c.com" domen uchinchi taraflar tomondan emas, balki IBM tomonidan boshqariladi.

Onlayn Reklama

IBM o’z veb-saytida uchinchi taraflar reklamasini joylashtirmaydi, lekin o’z mahsulot va xizmatlari to’g’risidagi reklamalarni boshqa veb-saytlarda joylashtiradi. Iltimos, mazkur veb-sayt operatorlari va tarmoqli reklama beruvchilar qo’llaydigan reklama berish amaliyoti, xususan, siz internetga kirganingizda ular qanday ma`lumotlarni saqlay olishlari to’g’risida bilish uchun ularning maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing.

Biz foydalangan ba'zi reklama tarmoqlari Network Advertising Initiative (NAI) (tarmoqli reklama bo’yicha tashabbuslar) yoki European Interactive Digital Advertising Alliance (EDAA) (Yevropa interfaol reklama alyansi) a'zolari bo'lishi mumkin. Jismoniy shaxslar quyidagi saytlarda ruxsat etilgan vositalardan foydalanib, NAI yoki EDAA foydalanuvchilarining reklama tarmoqlari taqdim etadigan maqsadli reklamadan voz kechishlari mumkin:

  • Digital Advertising Alliance (DAA)
  • Network Advertising Initiative (NAI)
  • European Interactive Digital Advertising Alliance (EDAA)

Biz shuningdek reklamalarimizni boshqa saytlarda boshqarish uchun bir qator uchinchi taraflar bilan hamkorlik qilamiz. Ushbu uchinchi taraflar sizning sozlamalaringiz asosida IBMning maqsadli reklamalarini sizga ko’rsatish uchun cookie fayllar va veb-mayoqlardan IBM sayti va boshqa saytlardagi faoliyatingiz haqida ma'lumot to'plash uchun (masalan, sizning IP-manzilingiz) foydalanishi mumkin:

  • AQSh va Kanadada bunday individual reklama e`lonlari IBM reklamasi AdChoices belgisi bilan belgilangan chunki IBM o’z-o’zini boshqaradigan onlayn-reklama Digital Advertising Alliance dasturida ishtirok etadi (youradchoices.com va youradchoices.ca) O'zingizning sozlamalaringizni boshqarish uchun reklama e`lonlaridan biridagi belgini bosing.
  • Agar siz ushbu ma'lumot sizga individual reklama e`lonlarini ko’rsatish uchun foydalanmaslikni xohlasangiz, siz bu yerga bosib, voz kechishingiz mumkin.

Iltimos, shunga e`tibor beringki, bu maqsadga qaratilmagan reklamani olmaysiz degani emas. Siz umumiymazmundagi reklamarni qabul qilishda davom etaverasiz.

IBM-Bo'lmagan veb-saytlari va uchinchi taraf dasturiy ilovalarga havolalar

Sizning hisob qaydnomalaringiz mavjud bo’lgan boshqa veb-saytlar (masalan, Facebook va boshqa ijtimoiy media saytlari) bilan o'zaro aloqa qilish yoki shu kabi saytlarda jamoalarda ishtirok etish uchun sizga saytga kirish, material joylashtirish, veb-saytlarimizda jamoalarga qo’shilish imkonini beruvchi o’zga dasturiy ilovalarini taqdim etishimiz mumkin.

Biz shuningdek sizga IBM ga tegishli bo'lmagan boshqa veb-saytlarga umumiy havolalar taqdim etishimizmumkin.

Bunday havola va dasturiy ilovalardan foydalanishingiz ularni taqdim etayotgan o’zga tashkilotlarning maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Siz mazkur havolalar yoki dasturiy ilovalardan foydalanishdan oldin ushbu o’zga tashkilotlarning ma'lumotlar maxfiyligi siyosati bilan tanishishib chiqishingiz kerak. IBM boshqa veb-saytlar ma`lumotlarining maxfiyligini ta`minlash tartibi yoki mazmuni uchun javobgar emas.

O'zgartirishlar to’g’risida bildiruv

Ma’lumotlarni boshqarish amaliyotlarimizga bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettirish uchun ushbu Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonotni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turishimiz mumkin. Qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonot yangilangan qayta ko‘rib chiqish sanasi bilan shu yerda chop qilinadi. O‘zgarishlar yoki yangilanishlar mavjudligini davriy ravishda qayta tekshirib turishingizni tavsiya qilamiz. Agar biz Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonotimizga biror-bir o‘zgarish kiritsak, 30 kun davomida shu sahifaning yuqori qismida eslatma chop qilamiz. Bunday qayta ko‘rib chiqish kuchga kirganidan keyin veb-saytlarimizdan foydalanishni davom ettirishingizni o‘zgarishlarni o‘qib chiqqansiz va tushungansiz, deb hisoblaymiz.

Maxfiylik Savollari va Foydalanish imkoni

Agar sizda ushbu Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonot yoki IBM tomonidan ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga oid biror-bir savol bo‘lsa, ushbu shakldan foydalangan holda bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, siz biz bilan quyidagi manzil bo'yicha bog'lana olasiz:

IBM Chief Privacy Office
1 North Castle Drive
Armonk, NY 10504
U.S.A.

Ma’lum holatlarda shaxsiy ma’lumotlaringizni onlayn rejimida ko‘rib chiqish, tahrirlash yoki o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin. Sizning ma'lumotingizni internet orqali olish imkoniyati bo'lmasa va siz IBMga bergan biror ma'lumot nusxasini olmoqchi bo'lsangiz, yoki agar siz ma'lumotlardagi noaniqlik borligidan xabardor bo'lsangiz va buni to'g'rilashimizni istasangiz, biz bilan bog'laning. Huquqlaringiz haqida batafsilroq ma'lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

Agar siz bundan buyon IBM kompaniyasidan marketing elekton xatlarini olishni xohlamasangiz, bu yerda afzalliklaringizni yangilang. Obunalar uchun har bir elektron xatning quyi qismida berilgan obunani bekor qilish ko‘rsatmalarini bajaring.